Mahsulotlar

E-OFISIsh jarayonlarini boshqarish tizimi O'zOfficeO'zbek tilidagi ofis platformasi VaytFitFitnes ilovasi TekinWiFiHotspot va Wi‑Fi platformasi
O'zbekcha Русский English

«Kelajak muhandislari» xalqaro festivali uchun rasmiy platforma

«Kelajak muhandislari» xalqaro festivali uchun rasmiy platforma

MIMAX SOFTWARE GROUP «Kelajak muhandislari» xalqaro muhandislik festivalining rasmiy platformasi — km.edu.uzni ishlab chiqdi. Loyiha Oliy ta'lim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Innovatsiyalarni joriy qilish va texnologiyalar transferi milliy ofisi buyurtmasi asosida amalga oshirildi.

Festival yosh muhandislar, ixtirochilar va texnologiya ishqibozlarini birlashtiradi. Unda 9 dan ortiq yo'nalish bo'yicha 39 dan ortiq musobaqa o'tkaziladi, ishtirokchilar soni 2000 dan oshadi. Festivalda 6 yoshdan 40 yoshgacha bo'lgan barcha ishtirok etishi mumkin.

Platforma orqali ishtirokchilar ro'yxatdan o'tadi, musobaqalar, seminarlar va ko'rgazmalar dasturi, joy va vaqt, homiylik haqidagi ma'lumotlar bilan tanishadi. Batafsil: km.edu.uz.

Boshqa yangiliklar