Mahsulotlar

E-OFISIsh jarayonlarini boshqarish tizimi O'zOfficeO'zbek tilidagi ofis platformasi VaytFitFitnes ilovasi TekinWiFiHotspot va Wi‑Fi platformasi
O'zbekcha Русский English

Mahsulotlar

Ish uchun yaratilgan mahsulotlar

Har birini noldan o'zimiz yaratganmiz va har kuni o'zimiz rivojlantiramiz.

E-OFIS logo

E-OFIS

Ish jarayonlarini boshqarish tizimi

Topshiriq, davomat va hujjatlar — bitta tizimda

E-OFIS rahbarga kim nima ish qilayotganini, kim ortiqcha yuklanganini va qaysi ish kechikayotganini har kuni ko'rsatadi. Xodimlar esa hammasini Telegram orqali bajaradi — hech qanday ilova o'rnatmasdan.

O'zOffice logo

O'zOffice

O'zbek tilidagi ofis platformasi

Hujjat, jadval va transliteratsiya — o'zbek tilida

O'zOffice'da hujjat va jadvallarni to'g'ridan-to'g'ri brauzerda tayyorlaysiz, matnni lotindan kirillga va aksincha bir bosishda o'girasiz, imlo xatolarini tekshirasiz. Bir hujjat ustida bir nechta kishi birga ishlay oladi.

VaytFit logo

VaytFit

Fitnes ilovasi

Cho'ntagingizdagi murabbiy

VaytFit'da 6 451 ta animatsiyali mashq bor. Ilova darajangiz va maqsadingizga qarab dastur tuzadi, har bir yondashuvni yozib boradi va natijangizni grafikda ko'rsatadi. Zalda ham, uyda ham ishlatsa bo'ladi.

TekinWiFi logo

TekinWiFi

Hotspot va Wi‑Fi platformasi

Sodda va qulay internet

TekinWiFi kafe, mehmonxona, ofis va talabalar turar joylarida mehmonlar uchun Wi‑Fi tarmog'ini ishga tushiradi. Foydalanuvchilar SMS orqali kiradi, joy egasi esa tezlik va vaqt cheklovlarini belgilaydi, istasa internetni pullik qiladi. Platforma MikroTik va Omada uskunalarida ishlaydi.

Hamkorlik

Keyingi qadamni birga qo'yaylik

Mahsulotlarimizni joriy qilmoqchi bo'lsangiz yoki hamkorlik, investitsiya haqida gaplashmoqchi bo'lsangiz, yozing. Bir ish kuni ichida javob beramiz.