E-OFIS: topshiriqlar, davomat va hujjatlar bitta tizimda
E-OFIS — MIMAX SOFTWARE GROUP ishlab chiqqan ish jarayonlarini boshqarish tizimi. U rahbarga kim nima ish qilayotganini, kim ortiqcha yuklanganini va qaysi ish...
Mahsulotlar
MIMAX SOFTWARE GROUP
E-OFIS, O'zOffice, TekinWiFi va VaytFit. To'rtta platformani noldan o'zimiz yaratganmiz va har kuni o'zimiz qo'llab-quvvatlaymiz. Mahsulotlarimiz uch tilda ishlaydi.
Bizga ishonch bildirgan tashkilotlar
01Kompaniya haqida
Har bir loyiha arxitekturadan boshlanadi: ma'lumotlar modeli, xavfsizlik, integratsiyalar va yuklama birinchi kundanoq loyihalanadi. Shu sababli tizimlarimiz foydalanuvchilar va ma'lumotlar ko'payganda ham barqaror ishlaydi.
100 dan ortiq mijoz va 20 dan ortiq loyiha davomida hujjat aylanishi, davomat nazorati, onlayn to'lovlar va tarmoq infratuzilmasi kabi murakkab vazifalarni hal qildik. Shu tajribadan to'rtta platforma tug'ildi: E-OFIS, O'zOffice, TekinWiFi va VaytFit.
Mahsulotlarimiz o'zbek, rus va ingliz tillarida ishlaydi, texnik yordam esa kechayu kunduz ko'rsatiladi. Hozir ularni O'zbekistondan tashqari bozorlarga olib chiqishga tayyorlanmoqdamiz.
02Mahsulotlar
Har birini noldan o'zimiz yaratganmiz va har kuni o'zimiz rivojlantiramiz.
E-OFIS rahbarga kim nima ish qilayotganini, kim ortiqcha yuklanganini va qaysi ish kechikayotganini har kuni ko'rsatadi. Xodimlar esa hammasini Telegram orqali bajaradi — hech qanday ilova o'rnatmasdan.
Asosiy imkoniyatlar
O'zOffice'da hujjat va jadvallarni to'g'ridan-to'g'ri brauzerda tayyorlaysiz, matnni lotindan kirillga va aksincha bir bosishda o'girasiz, imlo xatolarini tekshirasiz. Bir hujjat ustida bir nechta kishi birga ishlay oladi.
Asosiy imkoniyatlar
VaytFit'da 6 451 ta animatsiyali mashq bor. Ilova darajangiz va maqsadingizga qarab dastur tuzadi, har bir yondashuvni yozib boradi va natijangizni grafikda ko'rsatadi. Zalda ham, uyda ham ishlatsa bo'ladi.
Asosiy imkoniyatlar



TekinWiFi kafe, mehmonxona, ofis va talabalar turar joylarida mehmonlar uchun Wi‑Fi tarmog'ini ishga tushiradi. Foydalanuvchilar SMS orqali kiradi, joy egasi esa tezlik va vaqt cheklovlarini belgilaydi, istasa internetni pullik qiladi. Platforma MikroTik va Omada uskunalarida ishlaydi.
Asosiy imkoniyatlar
03Natijalar
Har bir platformaning ishdagi asosiy ko'rsatkichlari.
* 80 xodimli tashkilotda kuniga 20 daqiqa yo'qotishni bartaraf etish hisobida.
04Loyihalar
Har bir loyiha ortida aniq vazifa va uni bizga ishonib topshirgan buyurtmachi turadi. Quyida ulardan ba'zilari.
Veb platforma
BuyurtmachiO'zbekiston Respublikasi Oliy ta'lim, fan va innovatsiyalar vazirligi
Elektron tizim va mobil ilova
BuyurtmachiO'zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi, Yuristlar malakasini oshirish markazi
Veb platforma
BuyurtmachiO'zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi, Yuristlar malakasini oshirish markazi
Xalqaro festivalning rasmiy platformasi
BuyurtmachiOliy ta'lim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Innovatsiyalarni joriy qilish va texnologiyalar transferi milliy ofisi
Yoshlar tashabbuslari platformasi
BuyurtmachiOliy ta'lim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Yoshlarning innovatsion tashabbuslarini qo'llab-quvvatlash ofisi
Veb platforma
BuyurtmachiOliy ta'lim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Innovatsiyalarni joriy qilish va texnologiyalar transferi milliy ofisi
Dori vositalari auditi va tahlili platformasi
Buyurtmachi"ALMIR STATISTICS" MChJ
Ta'lim muassasalari uchun platforma
Buyurtmachi"IT PROGRAM SERVICE" MChJ
Elektron tarozi-hisoblagichlar uchun dasturiy ta'minot
Buyurtmachi"RSG Group" MChJ
05Sohalar
Sohani tanlang: u yerda qanday vazifalarni hal qilishimiz va qaysi mahsulotlar ishlashini ko'rasiz.
Topshiriqlar ijrosi, kiruvchi va chiquvchi xatlar hamda xodimlar davomati bitta tizimda nazorat qilinadi. Hujjatlar lotin va kirill alifbosida xatosiz tayyorlanadi.
Xodimlar davomati turniketlar orqali avtomatik hisoblanadi, ichki hujjatlar qog'ozsiz yuritiladi, talabalar turar joylarida boshqariladigan Wi‑Fi ishlaydi.
Rahbar kim nima bilan bandligini har kuni ko'radi, xodimlar topshiriqlarni Telegram orqali bajaradi, ofis mehmonlari uchun alohida Wi‑Fi tarmog'i ishlaydi.
Mehmonlar Wi‑Fi'ga SMS orqali ulanadi, joy egasi tezlik va vaqtni boshqaradi va xohlasa internetdan qo'shimcha daromad oladi.
Zal va uy uchun 6 451 ta mashq, shaxsiy dasturlar va natijalarni kuzatish bitta ilovada jamlangan.
MikroTik va Omada uskunalaridagi hotspot tarmoqlari bitta paneldan boshqariladi va real vaqtda kuzatiladi.
06Buyurtma asosida ishlab chiqish
Tayyor mahsulot sizga to'g'ri kelmasa, tizimni jarayonlaringiz asosida loyihalaymiz, mavjud infratuzilmangizga integratsiya qilamiz va ishga tushiramiz. Bu ishni o'z platformalarimizni yaratgan muhandislar bajaradi.
ERP, CRM va hujjat aylanishi: jarayonlar tahlilidan arxitektura, joriy etish va mavjud dasturlar bilan integratsiyagacha.
Minglab foydalanuvchiga mo'ljallangan portal va onlayn xizmatlar: rollarga asoslangan kirish, keshlash va gorizontal masshtablash bilan.
iOS, Android va Telegram Mini App'lar umumiy backend va yagona API ustida quriladi.
Foydalanuvchi tadqiqoti, axborot arxitekturasi, prototiplar va dizayn tizimi.
LLM'larni ichki ma'lumotlaringizga ulash: hujjatlar tahlili, avtomatik hisobotlar va xodimlar uchun yordamchilar.
Server va tarmoq arxitekturasi, CI/CD, zaxiralash va 24/7 monitoring.
07Ish jarayoni
Har bir loyiha to'rt bosqichdan o'tadi. Har bosqich yakunida natijani siz bilan birga ko'rib chiqamiz.
Jarayonlar, foydalanuvchilar va mavjud tizimlarni o'rganamiz. Aniq talablar, muddat va byudjet kelishiladi.
Ma'lumotlar modeli, integratsiyalar va interfeys prototiplari tayyorlanib, siz bilan tasdiqlanadi.
Qisqa iteratsiyalar, har bosqich yakunida demo, avtomatlashtirilgan testlar va kod sharhi.
Tizimni ishga tushiramiz, 24/7 monitoringga olamiz va doimiy rivojlantirib boramiz.
08Yondashuv
Ma'lumotlar modeli, rollar va integratsiyalar ishlab chiqish boshlanishidan oldin loyihalanadi va hujjatlashtiriladi.
Payme, Click, Telegram, Hikvision, MikroTik va boshqa tizimlar bilan integratsiyalarni o'zimiz ishlab chiqqanmiz.
Rollarga asoslangan kirish, ma'lumotlarni shifrlash va muntazam zaxiralash har bir tizimda standart.
Tizimlar kechayu kunduz kuzatiladi, texnik yordam esa sutkasiga 24 soat aloqada.
09Texnologiyalar
Platformalarimiz va integratsiyalarimiz quriladigan texnologiyalar.
10Yangiliklar
E-OFIS — MIMAX SOFTWARE GROUP ishlab chiqqan ish jarayonlarini boshqarish tizimi. U rahbarga kim nima ish qilayotganini, kim ortiqcha yuklanganini va qaysi ish...
O'zOffice — MIMAX SOFTWARE GROUP ishlab chiqqan o'zbekcha onlayn ofis platformasi. Unda hujjat yozish va jadval tuzish to'g'ridan-to'g'ri brauzerda bajariladi,...
MIMAX SOFTWARE GROUP jamoasi yaratgan VaytFit fitnes ilovasi Android uchun Google Play'da mavjud. Ilova zalda ham, uyda ham mashq qiluvchilar uchun mo'ljallanga...
Hamkorlik
Mahsulotlarimizni joriy qilmoqchi bo'lsangiz yoki hamkorlik, investitsiya haqida gaplashmoqchi bo'lsangiz, yozing. Bir ish kuni ichida javob beramiz.