Mahsulotlar

E-OFISIsh jarayonlarini boshqarish tizimi O'zOfficeO'zbek tilidagi ofis platformasi VaytFitFitnes ilovasi TekinWiFiHotspot va Wi‑Fi platformasi
O'zbekcha Русский English

E-OFIS: topshiriqlar, davomat va hujjatlar bitta tizimda

E-OFIS: topshiriqlar, davomat va hujjatlar bitta tizimda

E-OFIS — MIMAX SOFTWARE GROUP ishlab chiqqan ish jarayonlarini boshqarish tizimi. U rahbarga kim nima ish qilayotganini, kim ortiqcha yuklanganini va qaysi ish kechikayotganini har kuni ko'rsatadi. Xodimlar esa hammasini Telegram orqali bajaradi — hech qanday ilova o'rnatmasdan.

  • muddat, mas'ul va holat ko'rsatilgan topshiriqlar, kechikishlarni avtomatik belgilash;
  • Hikvision turniketlari bilan integratsiyalashgan davomat hisobi;
  • har bir xodim uchun kunlik yuklama va samaradorlik tahlili;
  • hujjatlar ombori, xatlarni raqamlash, arizalar va ruxsatnomalar;
  • sun'iy intellekt yordamida jamoa faoliyati bo'yicha xulosa va tavsiyalar.

E-OFIS 14 ta moduldan iborat — tashkilot o'ziga keraklilarini yoqib-o'chira oladi. Tizim o'zbek, rus va ingliz tillarida ishlaydi va davlat tashkilotlari, ta'lim muassasalari hamda biznes uchun mo'ljallangan. Bepul demo uchun: e-ofis.uz.

Boshqa yangiliklar